Biznes ochmoqchimisiz? To'g'ri joyga keldingiz.
Har bir shakl haqida aniq, sodda va ishonchli ma'lumot.
Masʼuliyati cheklangan jamiyat
Yakka tartibdagi tadbirkorlik
Oilaviy tadbirkorlik
Xususiy korxona
Fermer xoʻjaligi
Aksiyadorlik jamiyatlari
DHF kafedrasi rahbari, phd
2-kurs A3 talabasi
2-kurs A3 talabasi
Oila kuchi bilan qurilgan kichik biznes — soddalashtirilgan ro'yxat, soliq imtiyozlari va davlat kafolatlari.
Oilaviy korxona (OK) — ishtirokchilarning ixtiyoriy asosda, ulushli yoki birgalikdagi mulk negizida tashkil etiladigan yuridik shaxs bo'lgan kichik tadbirkorlik subyektidir. Faoliyat ishtirokchilarning shaxsiy mehnatiga asoslanadi.
Quyidagi qarindoshlar OK ishtirokchilari bo'la oladi (5-modda):
Oddiy YaTT dan farqli ravishda OK bir nechta oila a'zosini rasmiy ishtirokchi sifatida birlashtiradi. MCHJdan farqli — boshqaruv ancha sodda, kapital talablari minimal. "OK" abbreviaturasini rasmiy nomda ishlatish huquqi mavjud.
Kichik tadbirkorlik uchun qisqartirilgan ro'yxatga olish tartibi qo'llaniladi. Asossiz rad etish huquqi yo'q.
Barcha ishtirokchilar imzolaydi. Korxona nomi, ustav fondi, foyda taqsimlash tartibi belgilanadi.
Pul, qimmatli qog'ozlar, mol-mulk yoki mulkiy huquqlar orqali. Yagona uy kiritilishi mumkin emas.
Ro'yxatdan o'tilgan sanadan boshlab yuridik shaxs maqomiga ega bo'linadi. Muhr va shtamp huquqi yuzaga keladi.
Milliy va xorijiy valyutada hisob ochilib, to'liq bank xizmatlaridan foydalaniladi.
Ayrim sohalarda litsenziya talab etilishi mumkin. Boshqaruvchi umumiy yig'ilishda saylanadi.
Umumiy yig'ilish — oliy organ: ta'sis shartnomasiga o'zgartirishlar, boshqaruvchi saylash, foyda taqsimlash.
OK boshlig'i — ijroiya organ: ishonchnomasiz shartnomalar tuzadi, korxonani vakillab yuritadi.
Ishtirokchi — shaxsiy mehnat bilan ishtirok etishi shart; foydadan ulush oladi va chiqib ketsa mol-mulkini qaytarib oladi.
Davlat OK huquqlariga rioya etilishini va qonuniy manfaatlarini himoya qilinishini kafolatlaydi.
Mahsulot, narx va faoliyat yo'nalishlarini mustaqil belgilash.
Tadbirkorlik faoliyatidan cheklanmagan miqdorda foyda olish.
Import-eksport operatsiyalarini mustaqil amalga oshirish.
Turar joyni biznes manzili sifatida ko'rsatish. Kommunal — aholi tarifi.
Mol-mulk tortib olinishi yoki musodara qilinishi qonun bilan taqiqlangan.
Bank va kredit tashkilotlari orqali moliyalashtirish.
— Shartnomalar bo'yicha majburiyatlarni o'z vaqtida bajarish
— Minimal ish haqi 1-razryad tarifidan kam bo'lmasligi
— Soliqlar va yig'imlarni muddatida to'lash
— Mehnat xavfsizligi, ekologiya va sanitariya talablariga rioya
— Rekvizitlar o'zgarganda davlat organlarini xabardor qilish
Eng ko'p uchraydigan savollarga qisqa va aniq javoblar.
O'zbekistondagi eng keng tarqalgan biznes shakli — cheklangan javobgarlik, kuchli boshqaruv, erkin rivojlanish.
Mas'uliyati cheklangan jamiyat (MChJ) — bir yoki bir necha shaxs tomonidan tashkil etiladigan, ustav fondi ulushlarga bo'lingan xo'jalik jamiyatidir. Ishtirokchilar jamiyat majburiyatlari uchun faqat o'z ulushi miqdorida javob beradi — shaxsiy mol-mulk xavf ostida qolmaydi.
MChJ da jismoniy va yuridik shaxslar ishtirok etishi mumkin. Ishtirokchilar soni 1 dan 50 gacha bo'lishi mumkin. Agar soni 50 tadan oshsa, jamiyat bir yil ichida aksiyadorlik jamiyatiga qayta tuzilishi shart.
Ta'sis hujjatlarida belgilangan tartibda qaror qabul qilishda ovoz berish.
Jamiyat faoliyati, buxgalteriya va boshqa hujjatlar bilan tanishish huquqi.
Ulushga mutanosib ravishda dividend olish.
Boshqa ishtirokchilarning roziligisiz jamiyatdan chiqib ketish.
Kreditorlar bilan hisob-kitobdan so'ng qolgan mol-mulkka haq.
Ishtirokchilar o'rtasida huquqlarni tartibga soluvchi shartnoma tuzish.
— Ustav fondiga hissani ta'sis hujjatida ko'rsatilgan miqdor, usul va muddatda to'lash
— Jamiyat faoliyati to'g'risidagi maxfiy ma'lumotlarni oshkor qilmaslik
— Ta'sis hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarni bajarish
MChJ tashkil etish uchun ta'sis hujjatlarini tayyorlab, davlat ro'yxatidan o'tkazishingiz kerak. Jarayon my.gov.uz orqali onlayn amalga oshiriladi.
Ishtirokchilar tarkibi, ustav fondi miqdori, har bir ishtirokchi ulushi, foyda va zarar taqsimlash tartibi belgilanadi. Yagona ishtirokchi bo'lsa, faqat ustav tasdiqlanadi.
Ustav firma nomi, faoliyat predmeti, pochta manzili, boshqaruv organlari vakolatlari, ustav fondi miqdorini o'z ichiga olishi shart.
Pul, qimmatli qog'ozlar, mulk yoki mulkiy huquqlar kiritilishi mumkin. Ro'yxatdan o'tkazish oldidan har bir ishtirokchi kamida 30% ni to'lashi shart. Qolgan qismi 1 yil ichida.
Yagona portal orqali arizani topshiring. Ro'yxatdan o'tkazilgan sanadan e'tiboran yuridik shaxs maqomiga ega bo'lasiz.
my.gov.uz birdarcha.uzRo'yxatdan o'tkazilgan hujjatlar bilan istalgan bankka murojaat qiling. Milliy va xorijiy valyutada hisobvaraq ochiladi.
NBU banklari ro'yxatiSoliq majburiyatlarini aniqlash uchun soliq organiga murojaat qiling. Elektron soliq to'lovini sozlang.
taxes.uz my.soliq.uzAsosiy qarorlar: ustav fondi o'zgartirish, direktor saylash, foydani taqsimlash, yillik hisobot tasdiqlash. Yiliga kamida 1 marta o'tkaziladi.
Ishonchnomasiz jamiyat nomidan ish yuritadi, shartnomalar tuzadi, xodimlarni ishga oladi va bo'shatadi.
Ustav fondida davlat ulushi 50%+ bo'lsa, kamida bir nafar mustaqil a'zo kiritilishi shart.
Jamiyatning moliyaviy-xo'jalik faoliyatini tekshiradi. Ustav bilan nazarda tutilishi mumkin.
MChJ uchun ikkita asosiy soliq rejimi mavjud. Tanlangan rejim barcha soliq va hisobot majburiyatlarini belgilaydi. Soliq organida ro'yxatdan o'tishda rejimni tanlaysiz.
Yillik daromad 3 mlrd so'mgacha bo'lsa qo'llaniladi. Yagona to'lov — QQS, foyda solig'i va boshqalar alohida to'lanmaydi. Buxgalteriya sodda.
Daromad 3 mlrd so'mdan oshsa yoki QQS to'lovchisi bo'lishni xohlasangiz. Foyda solig'i 15%, QQS 12%. To'liq buxgalteriya yuritiladi.
| Hisobot turi | Muddati | Qayerga |
|---|---|---|
| Aylanma solig'i deklaratsiyasi | Har chorak — keyingi oy 20-gacha | my.soliq.uz |
| JSHSHS (daromad solig'i) hisoboti | Har oy — keyingi oy 15-gacha | my.soliq.uz |
| Ijtimoiy sug'urta badali | Har oy — keyingi oy 15-gacha | my.soliq.uz |
| QQS deklaratsiyasi (agar to'lovchi bo'lsa) | Har oy — keyingi oy 20-gacha | my.soliq.uz |
| Foyda solig'i deklaratsiyasi | Yillik — mart 1-gacha | my.soliq.uz |
| Moliyaviy hisobot (balans) | Yillik — mart 1-gacha | my.soliq.uz / Soliq organi |
| Statistik hisobot | Har chorak / yillik | stat.uz |
Xodimlar ish haqidan majburiy ushlab qolinadigan va ish beruvchi tomonidan to'lanadigan to'lovlar:
Jismoniy shaxslardan soliq — ish haqidan ushlab qolinadi va soliq organiga o'tkaziladi.
Korxona tomonidan to'lanadigan pensiya va sug'urta badali — xodim ish haqiga qo'shimcha.
Jamiyat yiliga 1 marta, yarim yilda 1 marta yoki har chorakda dividend to'lash to'g'risida qaror qabul qila oladi. Dividendlar ishtirokchilar ulushiga mutanosib taqsimlanadi. To'lash muddati qaror qabul qilingan kundan boshlab 60 kundan oshmasligi kerak.
MChJ tashkil etish va boshqarish bo'yicha eng ko'p beriladigan savollarga javoblar.
Kompaniya ochmasdan, eng tez va arzon yo'l bilan o'z biznesingizni boshlang. Kerak bo'lgani — pasport, ariza va kichik soliq.
Tadbirkorlik faoliyatini yuridik shaxs tashkil etmagan holda, belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tib amalga oshiradigan jismoniy shaxs yakka tartibdagi tadbirkor (YTT) hisoblanadi.
YTT shug'ullanishi mumkin bo'lgan faoliyat turlari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 07.01.2011 yildagi 6-sonli qarorida aniq va batafsil berib o'tilgan. Asosiy guruhlar:
Oziq-ovqat, nooziq-ovqat tovarlar. Qimmatbaho metallar, alkogol, yangi import avto, farmatsevtika bundan mustasno.
Qonun hujjatlarida belgilangan ro'yxat bo'yicha hunarmandchilik faoliyati.
Sartaroshlik, tikuv, ta'mirlash, foto, hammom, turar joy tozalash va boshqa 30+ xizmat turi.
Ovqat tayyorlash, ta'lim, IT, dizayn, turizm, transport, veterinariya va boshqa 50+ tur.
VMQ 6-son 1-bandiga ko'ra, faoliyat turlarini amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda xodimlarni yollash huquqiga ega. Bir vaqtning o'zida 5 nafargacha xodim yollash mumkin.
VMQ 6-son roʻyxati doirasida oʻz faoliyatini amalga oshiradigan yakka tartibdagi tadbirkorlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shugʻullanishlari mumkin.
YTT bo'lib ro'yxatdan o'tish O'zbekistondagi eng tez jarayon — hujjatlar to'liq bo'lsa, 1 ish kunida tugatiladi.
Pasportingiz bilan yaqin Davlat xizmatlari markaziga (DXM) boring. Ariza to'ldiring, davlat boji to'lang va ro'yxatdan o'ting. Faoliyat turini VMQ 6-sonli ro'yxatdan tanlang.
new.birdarcha.uz sayti orqali masofadan turib ariza berish orqali ro'yxatdan o'tish mumkin. ERI (elektron raqamli imzo) talab qilinadi. Internet orqali arizada 10% chegirma amal qiladi.
new.birdarcha.uz my.gov.uzDavlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib ariza berganда — 375 000 so'm (1 BHM).
new.birdarcha.uz orqali onlayn ariza berganда — BHMning 0.9 baravari, ya'ni chegirma bilan.
Oldingi yil uchun soliq deklaratsiyasi topshirilishi shart. Kechiktirmaslik tavsiya etiladi.
Faoliyatni davom ettirishda guvohnomani yillik yangilash (keyingi yilning 31 dekabrga qadar).
Quyida O'zR Vazirlar Mahkamasining 07.01.2011 yildagi 6-sonli qaroriga asosan tasdiqlangan YTT shug'ullanishi mumkin bo'lgan barcha faoliyat turlari keltirilgan.
Ko'pgina YTT lar uchun asosiy soliq turi. Hududga qarab belgilangan miqdorda to'lanadi.
Umumiy tartibda — daromaddan 12% (yillik umumiy daromad hisobida).
Pensiya jamg'armasi uchun ajratiladigan majburiy to'lov — 12%.
Yillik tovar (xizmat) realizatsiyasidan olingan daromad 100 mln so'mdan oshmasa — qat'iy belgilangan soliq.
Yillik aylanma 1 mlrd so'mdan oshsa — QQS to'lovchisi sifatida ro'yxatdan o'tish shart.
Qat'iy belgilangan soliq stavkalari Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahri xalq deputatlari kengashlari tomonidan YTTlar uchun iqtisodiy rivojlanishni hisobga chiqqan holda belgilanadi. Eng kam va yuqori chegaralar qonunchilikda belgilanadi.
Xodim ish haqidan ushlab qolinadigan jismoniy shaxs soliq to'lovi (12%).
YTT tomonidan xodim ish haqiga qo'shimcha to'lanadigan ijtimoiy sug'urta badali.
| Hisobot turi | Muddat | Qaerga |
|---|---|---|
| Yillik daromad deklaratsiyasi | Har yil 15-yanvargacha | Soliq organi / soliq.uz |
| Guvohnoma yangilash | Har yil 31 dekabrgacha | DXM / birdarcha.uz |
| Qat'iy belgilangan soliq | Belgilangan muddatlarda | Soliq qo'mitasi |
| Xodim bo'lsa — ish haqi hisoboti | Har oy | my.soliq.uz |
YTT bo'lib ro'yxatdan o'tish va faoliyat yuritish bo'yicha eng ko'p beriladigan savollarga javoblar.
Quyida YaTT bo'yicha to'liq video qo'llanma. Ro'yxatdan o'tish, soliq to'lash va amaliy foydali maslahatlar bir joyda.
Video yuklanmayotgan bo'lsa — YouTube da ko'rish
O'zbekistondagi eng sodda yuridik shakl. Bir kishi, bitta hujjat, 1–3 kun — va korxonangiz ochildi.
Xususiy korxona (XK) — mulkdor yagona jismoniy shaxs tomonidan tuzilgan va boshqariladigan tijoratchi tashkilotdir. Bu O'zbekistondagi eng sodda va eng tez ochiladigan yuridik shakl — faqat bitta kishi, faqat bitta ta'sis hujjati (ustav), va qonunda minimal miqdor belgilanmagan ustav fondi.
Xususiy korxona o'z majburiyatlari bo'yicha o'ziga qarashli butun mol-mulk bilan javob beradi. Agar korxona mol-mulki yetarli bo'lmagan taqdirda, mulkdor xususiy korxonaning majburiyatlari bo'yicha o'ziga qarashli shaxsiy mol-mulk bilan ham subsidiar (qo'shimcha) javobgar bo'ladi.
Xususiy korxonaning firma nomiga quyidagi talablar qo'yiladi:
To'liq firma nomida albatta "xususiy korxona" so'zi bo'lishi shart.
Qisqartirma nomda "XK" yoki "xususiy korxona" so'zi ko'rsatiladi.
Nom o'zbek tilida bo'lishi shart. Boshqa tilda qo'shimcha aks ettirish mumkin.
Ro'yxatdan o'tgan firma nomi himoyalanadi — boshqasi xuddi shunday nom tanlolmaydi.
Korxonani to'liq mustaqil boshqarish va barcha qarorlarni yakkama-yakka qabul qilish huquqi.
Korxona mulkini sotish, ijaraga berish, garovga qo'yish va boshqa tartibda tasarruf etish.
Korxona faoliyatidan olingan sof foydani to'liq o'z xohishicha tasarruf etish.
Xohlagan vaqtda ustavga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish huquqi.
Mehnat qonunchiligi asosida xodimlar yollash, ish haqini belgilash va vazifalarni taqsimlash.
Har qanday qonuniy faoliyat bo'yicha shaxsan yoki vakillar orqali bitimlar tuzish.
Xususiy korxonaning mol-mulki natsionalizatsiya qilinmaydi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. Mol-mulki rekvizitsiya qilinmaydi — faqat tabiiy ofatlar, epidemiyalar va favqulodda holatlarda, lekin bunda mulkdorga bozor qiymatida kompensatsiya to'lanadi.
XK tashkil etish O'zbekistondagi eng sodda jarayon. Barcha hujjatlarni my.gov.uz orqali onlayn topshirish mumkin — shaxsan bormasdan ham!
Ustav XK ning yagona ta'sis hujjatidir. 10-modda talabiga ko'ra ustavda majburiy ravishda: firma nomi, joylashgan yeri va pochta manzili, asosiy faoliyat turlari, mulkdorning to'liq ismi va yashash joyi, ustav fondi miqdori ko'rsatilishi shart. Ustav fondiga pul, ko'chmas mulk, qimmatli qog'ozlar kiritilishi mumkin — mulkdor o'zi baholaydi.
my.gov.uz — ustav namunasiKerakli hujjatlar: mulkdor pasporti, imzolangan ustav (2 nusxa), yuridik manzil hujjati (ijara shartnomasi yoki mulk guvohnomasi), davlat boji kvitansiyasi. Oila mulki kiritilayotgan bo'lsa — barcha mulkdorlardan notarial rozilik oling.
Hujjatlarni Adliya vazirligi huzuridagi Yagona davlat ro'yxati bo'limiga yoki my.gov.uz orqali topshiring. Ro'yxatdan o'tkazilgan paytdan boshlab XK yuridik shaxs maqomiga ega bo'ladi. STIR va OKPO kodlari avtomatik beriladi. Muddati: 1–3 ish kuni.
my.gov.uz birdarcha.uzGuvohnoma, ustav va pasport bilan istalgan tijorat bankiga boring. Yuridik shaxs joriy hisob raqami oching. Muhr (6-modda) ixtiyoriy, lekin amalda ko'plab tashkilotlar talab qiladi — muhrda to'liq firma nomi davlat tilida bo'lishi shart.
Soliq turini tanlang (soddalashtirilgan yoki umumiy tizim). Xodim yollasangiz — mehnat shartnomasi tuzing (18-modda), minimal ish haqidan past to'lamaslik majburiy. Har chorakda soliq hisobotini topshiring. Xavfsiz mehnat sharoiti ta'minlash shart (20-modda).
taxes.uz my.soliq.uzXK ni faqat mulkdor o'zi boshqaradi. Kuzatuv kengashi yoki umumiy yig'ilish yo'q. Barcha qarorlar bitta shaxs tomonidan qabul qilinadi.
Mulkdor vaqtincha bo'lmagan paytda (16-modda) yozma qaror bilan boshqa shaxsga rahbarlik vazifasini yuklashi mumkin.
XK va xodim o'rtasidagi munosabatlar mehnat qonunchiligi asosida tartibga solinadi.
Mulkdor vafot etganda yoki muomalaga layoqatsiz deb topilganda — XK boshqaruvi fuqarolik qonunchiligi va ustav asosida, meros orqali amalga oshiriladi.
27-modda: XK mulkdori xususiy korxonani mol-mulk majmuasi sifatida sotishga, hadya qilishga, vasiyat qilib qoldirishga yoki boshqacha usulda boshqa shaxsga o'tkazishga haqli. Yangi mulkdorga firma nomi va tovar belgilari ham o'tadi (shartnomada boshqacha ko'rsatilmasa).
28-modda: XK mulkdor yoki sudning qaroriga ko'ra qayta tashkil etilishi mumkin. Tugatish esa mulkdor, sud yoki ro'yxatdan o'tkazuvchi organining qaroriga ko'ra amalga oshiriladi.
Davlat ro'yxatidan o'tish va XK faoliyatini boshlash uchun zarur bo'lgan barcha hujjatlar — qonun moddalari bilan.
Qaysi tashkiliy-huquqiy shakl siz uchun mos? Asosiy farqlarni bilib oling.
| Ko'rsatkich | XK | MChJ | AJ |
|---|---|---|---|
| Ta'sischilar | Faqat 1 jismoniy shaxs (3-modda) | 1–50 kishi | Cheklanmagan |
| Ustav fondi | Mulkdor o'zi belgilaydi (12-modda) | Minimal belgilangan | 400 000 USD ekvivalenti |
| Boshqaruv | Mulkdor yakka (14-modda) | Direktorlar kengashi | Kuzatuv kengashi + ijroiya |
| Javobgarlik | Shaxsiy mol-mulk bilan ham (3-modda) | Ulushi miqdorida | Aksiyalar qiymati |
| Murakkablik | Eng oddiy — 1 kishi, 1 hujjat | O'rta | Murakkab |
| Faoliyat | Har qanday qonuniy (22-modda) | Har qanday | Har qanday |
| Mol-mulk himoyasi | Natsionalizatsiya man etiladi (21-modda) | Man etiladi | Man etiladi |
| Kim uchun mos | Yagona tadbirkor, kichik biznes | Sheriklik biznes | Yirik investitsiya |
| O'tkazish | Mol-mulk majmuasi sifatida (27-modda) | Ulush sotiladi | Aksiyalar sotiladi |
Har bir qadamni bajarib bo'lgach belgilang — hammasini qancha bajarganingizni ko'rasiz.
XK tashkil etish va boshqarish bo'yicha eng ko'p beriladigan savollarga qonun asosida javoblar.
O'zbekiston qishloq xo'jaligining asosiy subyekti — ijaraga olingan yer, davlat kafolatlari va maxsus soliq imtiyozlari bilan mustahkamlangan.
Fermer xo'jaligi — ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda qishloq xo'jaligi mahsulotini yetishtiruvchi, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlarini ham amalga oshira oladigan tadbirkorlik subyektidir.
Fermer xo'jaligi O'zbekiston Respublikasida qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishining asosiy subyekti hisoblanadi va yuridik shaxs maqomiga ega.
Fermer xo'jaligining boshlig'i shu xo'jalikning yagona muassisi. Fermer bo'lish uchun:
O'zbekiston Respublikasining fuqarosi bo'lishi shart.
Tegishli malaka yoki ish tajribasiga ega bo'lish talab etiladi.
30 yillik ijara. Yer garovga qo'yilishi mumkin.
Ustav fondi, cheklangan javobgarlik, ishtirokchilar.
Oila a'zolari birgalikda, kommunal imtiyoz.
Fermer xo'jaligi tashkil etish jarayoni yer uchastkasi ijarasi bilan chambarchas bog'liq. Jarayon e-auksion.uz platformasi orqali boshlanadi.
Yer uchastkalari ochiq elektron onlayn-auksion asosida 30 yil muddatga ijaraga beriladi. Auksion g'olibi va tuman hokimi o'rtasida 1 ish kuni ichida shartnoma imzolanadi.
e-auksion.uz my.gov.uzFermer xo'jaligi ustav asosida faoliyat ko'rsatadi. Ustavda: xo'jalik nomi, boshlig'i ma'lumotlari, joylashgan yeri, ixtisoslashuv va ustav fondi miqdori ko'rsatiladi.
Ro'yxatdan o'tkazilgandan keyin tashkil etilgan deb hisoblanadi. Muhr, bank hisob raqami ochish huquqi yuzaga keladi.
my.gov.uz birdarcha.uzYer tuzish xizmati organlari tomonidan Davlat budjeti hisobidan amalga oshiriladi. Fermer tomonidan qo'shimcha to'lov talab etilmaydi.
Bank muassasasida hisob-kitob varag'i va boshqa hisobvaraqlar ochiladi. Hisob raqamdan pul faqat fermer boshlig'i roziligi yoki sud qarori asosida chiqarilishi mumkin.
NBU banklari Agrosug'urtaSoliq organida ro'yxatdan o'tish va O'zbekiston fermer, dehqon xo'jaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga azo bo'lish — majburiy.
taxes.uz my.soliq.uzIshlab chiqarish yo'nalishi, tuzilmasi va hajmini mustaqil belgilash. Mahsulotga narx qo'yish erkinligi.
Mahsulot qayta ishlovchi korxona va iste'molchilarni mustaqil tanlash. Eksport qilish huquqi.
Kredit olish uchun mol-mulk va yer uchastkasi ijaraga olish huquqini garovga qo'yish.
Qishloq xo'jalik ekinlarini oraliq ekish uchun yer uchastkasini 1 yilga ikkilamchi ijaraga berish.
Fermer vafot etsa, yer uchastkasini ijaraga olish huquqi shartnoma muddatigacha merosxo'rlarga o'tadi.
Kichik va xususiy korxonalar uchun belgilangan barcha imtiyoz va preferensiyalar fermerga ham tatbiq etiladi.
Fermer xo'jaligi quyidagi majburiyatlarni o'z zimmasiga oladi:
Hosildorlik normativ ko'rsatkichdan past bo'lmasligi shart. Bu ijara shartnomasida mustahkamlanadi.
Ekologik talablarga va sanitariya qoidalariga rioya etish. Meliorativ holatni yaxshilash.
Suv yetkazib berish shartnomasi asosida foydalanish. Irrigatsiya tarmog'ini saqlashda ishtirok.
Mehnat to'g'risidagi qonunchilik. Minimal ish haqi tarif sеtkasining 1-razryadidan kam bo'lmasligi.
Fermer xo'jaligi o'z majburiyatlari bo'yicha o'z mol-mulki bilan javob beradi.
Fermer xo'jaligi faoliyati faqat bitta qonun bilan emas, bir nechta bog'liq qonun va qonun osti hujjatlar tizimi bilan tartibga solinadi.
VMQ tomonidan tasdiqlangan. e-auksion.uz platformasi orqali amalga oshiriladi.
e-auksion.uzHosil yo'qotilishi, tabiiy ofat, qayta ishlash risklari uchun ixtiyoriy sug'urtalash.
agrosugurta.uzAzolik majburiy. Huquqiy yordam, ma'lumot, kreditlash va himoya xizmatlari.
fermer.uzQishloq xo'jaligi texnikasi, asbob-uskunalarni lizing asosida sotib olish imkoni.
uzagroexport.uzUzoq va qisqa muddatli kreditlash. Yer ijaraga olish huquqi garov sifatida.
agrobank.uzFermer xo'jaligi faoliyatini tekshirish faqat yer qonunchiligiga oid hollarda amalga oshiriladi.
Fermer xo'jaliklari uchun O'zbekiston Soliq kodeksida alohida qishloq xo'jaligi solig'i tartibi nazarda tutilgan. Bu umumiy tartibga nisbatan sezilarli imtiyozlar beradi.
Yer unumdorligi balliga qarab hisoblanadigan soliq. Umumiy daromaddan emas, yer maydoni va bonitetidan kelib chiqiladi. Har yili qayta hisoblanadi.
Non-qishloq xo'jaligi faoliyati (qayta ishlash, xizmatlar) uchun aylanmadan soliq to'lanishi mumkin. Ko'p tarmoqli fermerlar uchun aralash tartib.
Birlamchi qishloq xo'jaligi mahsulotlari ko'pgina hollarda QQS dan ozod. Qayta ishlangan mahsulot 12% QQS ga tortiladi.
Qishloq xo'jaligi yerlari uchun yer solig'i bazaviy stavkasi shahar yerlariga qaraganda sezilarli past. Koeffitsientlar VMQ tomonidan belgilanadi.
| Hisobot turi | Muddati | Qayerga |
|---|---|---|
| Qishloq xo'jaligi solig'i deklaratsiyasi | Yillik — mart 1-gacha | my.soliq.uz |
| Yer solig'i bo'yicha hisobot | Yillik — fevral 1-gacha | Soliq organi |
| JSHSHS hisoboti (xodimlar uchun) | Har oy — 15-gacha | my.soliq.uz |
| Ijtimoiy sug'urta badali | Har oy — 15-gacha | my.soliq.uz |
| Qishloq xo'jaligi statistik hisoboti | Har chorak | stat.uz |
| Yer uchastkasi holati hisoboti | Yillik | Yer tuzish xizmati |
| Suv iste'moli hisoboti | Mavsumiy | Suv xo'jaligi boshqarmasi |
| Moliyaviy hisobot | Yillik — mart 1-gacha | my.soliq.uz |
Fermer boshlig'i va barcha xodimlar davlat ijtimoiy sug'urtasidan o'tkaziladi. Pensiya va nafaqa huquqlari saqlanadi.
Xodimlarga haq pul yoki natura shaklida to'lanishi mumkin, lekin Tarif setkasi 1-razryadidan kam bo'lmasligi shart.
Fermer xo'jaligi tashkil etish va boshqarish bo'yicha eng ko'p beriladigan savollarga qonunga asoslangan javoblar.
Aksiyalar chiqarish orqali kapital to'playdigan, cheklanmagan aksiyadorlarga ega bo'lishi mumkin bo'lgan yuridik shaxs. Fond birjasiga chiqish va katta investitsiyalar jalb qilish uchun optimal shakl.
Ustav fondi (ustav kapitali) aksiyadorlarning aksiyadorlik jamiyatiga nisbatan huquqlarini tasdiqlovchi muayyan miqdordagi aksiyalarga taqsimlangan tijorat tashkiloti aksiyadorlik jamiyati deb e'tirof etiladi.
AJ yuridik shaxs bo'lib, o'z mustaqil balansida hisobga olinadigan mol-mulkka ega, o'z nomidan bitimlar tuza oladi va sudda da'vogar/javobgar bo'lishi mumkin.
Aksiyalar ochiq bozorda erkin sotiladi, xohlagan kishi sotib olishi mumkin. Fond birjasiga chiqish imkoniyati bor. Katta investitsiyalar jalb qilish uchun mos.
Aksiyalar faqat muassislar yoki oldindan belgilangan doiradagi shaxslarga taqdim etiladi. Uchinchi shaxsga sotishdan oldin boshqa aksiyadorlarga imtiyozli huquq berilishi shart.
Jamiyat o'z majburiyatlari yuzasidan o'ziga tegishli barcha mol-mulk bilan javob beradi. Aksiyadorlar jamiyat majburiyatlari yuzasidan javobgar bo'lmaydi — ular faqat o'z aksiyalari qiymatining to'lanmagan qismi doirasida javobgar.
Aksiyadorlarning umumiy yig'ilishlarida ovoz berish orqali jamiyatni boshqarishda ishtirok etish.
Jamiyat foydasining bir qismini dividendlar tarzida belgilangan tartibda olish.
Moliya-xo'jalik faoliyati natijalari to'g'risida to'liq va ishonchli axborot olish.
Jamiyat tugatilganda o'z ulushiga muvofiq qolgan mol-mulkdan hissa olish.
Yangi chiqarilayotgan aksiyalarni imtiyozli ravishda olish huquqi (35-modda).
Qimmatli qog'ozlar bozorini tartibga solish organiga va sudga murojaat qilish.
AJ tuzish murakkab, lekin tizimli jarayon. Har bir bosqichni to'g'ri bajarish keyingi muammolarning oldini oladi.
Barcha muassislar ishtirokida ta'sis yig'ilishi o'tkaziladi. Jamiyat tuzish, ustav tasdiqlash, aksiyalar taqsimlash va boshqaruv organlarini shakllantirish haqida qaror qabul qilinadi. Bir muassisdan iborat bo'lsa — ta'sis yig'ilishi o'tkazilmaydi, muassisning yozma qarori yetarli.
Ustav kapitali aksiyalar nominali summasi hisoblanadi. Muassislar pul, mol-mulk yoki mulkiy huquqlar ko'rinishida hissa kiritadi. OAJ uchun minimal — 400 000 AQSh dollari ekvivalenti. Muassislar tomonidan kiritilayotgan mol-mulk qiymati 200 BHM dan oshsa — baholovchi tashkilot xulosasi kerak (31-modda).
Adliya vazirligi tizimiga ustav va kerakli hujjatlar topshiriladi. Ro'yxatdan o'tkazilgan paytdan boshlab jamiyat yuridik shaxs maqomiga ega bo'ladi. Rad etilsa — sud tartibida shikoyat qilish mumkin.
my.gov.uz birdarcha.uzDavlat ro'yxatidan o'tkazilgan paytdan boshlab 1 yil ichida aksiyalar emissiyasini Markaziy depozitariyda ro'yxatdan o'tkazish shart. Bu muddatni o'tkazib yuborish jiddiy administrativ javobgarlikka sabab bo'ladi.
Ro'yxat guvohnomasi, ustav va rahbar pasporti bilan istalgan tijorat bankiga boring. Soliq organida STIR va soliq rejimlari belgilanadi.
taxes.uzKuzatuv kengashi, taftish komissiyasi va ijroiya organ (direktor/boshqaruv) faoliyat boshlaydi. Aksiyadorlar reestri yuritish uchun Markaziy depozitariy bilan shartnoma tuziladi (42-modda) — ro'yxatdan 1 oy ichida.
Belgilangan shakl bo'yicha. my.gov.uz orqali onlayn ham topshirish mumkin.
Firma nomi, manzil, faoliyat turi, ustav kapitali, boshqaruv tuzilmasi ko'rsatilgan (13-modda).
Barcha muassislar imzolagan bayonnoma. Bitta muassisda — muassis qarori.
Bank orqali kiritilgan mablag' tasdiqlovchi hujjat yoki mol-mulk bahosi.
Istalgan bank yoki my.gov.uz orqali to'lanadi.
Bir nechta muassis bo'lganda — ta'sis shartnomasi ham taqdim etiladi (10-modda).
Aksiyadorlarning umumiy yig'ilishida ovoz berish, dividend olish va tugatilganda mol-mulkdan hissa olish huquqi beradi.
Foyda koʻrish-koʻrmasligidan qatʼi nazar muayyan dividend olish huquqi beradi. Ovoz berish huquqi yo'q (agar ustav boshqacha belgilamasa). Max 25% ustav kapitalidan.
Aksiyaning nominal qiymati 5 000 so'mdan ortiq bo'lishi mumkin emas (23-modda). Barcha bir turdagi aksiyalar bir xil nominal qiymatga ega bo'lishi shart.
Qonunchilikda OAJ uchun belgilangan minimal ustav kapitali. Davlat ro'yxatidan o'tkazilgan sanadagi Markaziy bank kursi bo'yicha hisoblanadi.
Qonunda maxsus minimal miqdor yo'q, lekin ustav kapitali kreditorlar manfaatlarini kafolatlashga yetarli bo'lishi zarur. Litsenziyalanadigan faoliyatlar uchun maxsus talablar bo'lishi mumkin.
Jamiyatda ustav fondining 15% dan kam bo'lmagan miqdorda zaxira fondi tashkil etiladi. Har yili sof foydaning kamida 5% zaxira fondiga ajratiladi (to belgilangan miqdorga yetguniga qadar). Zaxira fondi faqat zararlari qoplash, obligatsiyalar muomaladan chiqarish va imtiyozli aksiyalar bo'yicha dividendlar to'lash uchun ishlatiladi.
Jamiyat tomonidan yangi aksiyalar chiqarilayotganda ovoz beruvchi aksiyalar egalari ularni imtiyozli ravishda olish huquqiga ega. Bu huquq amal qilish muddati 10 kundan kam va 30 kundan ko'p bo'lishi mumkin emas.
Eng yuqori boshqaruv organi. Ustav o'zgartirish, kuzatuv kengashini saylash, foydani taqsimlash va boshqa muhim qarorlar qabul qiladi. Yiliga kamida 1 marta o'tkazilishi shart (58-modda).
Jamiyat faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi. 3 yilga saylanadi. Kuzatuv kengashida direktor va boshqaruv a'zolari bo'lishi mumkin emas (74-modda, 76-modda).
Kundalik faoliyatni boshqaradi. Direktor jamiyat nomidan ishonchnomasiz ish olib boradi. 3 yilga tayinlanadi (79-modda).
Aksiyadorlarning yillik umumiy yig'ilishi moliya yili tugaganidan keyin 6 oy ichida o'tkazilishi shart. Yig'ilish haqidagi xabar kamida 21 kun oldin (ammo 30 kundan erta emas) Korporativ axborotning yagona portalida e'lon qilinadi.
Aksiyadorlar umumiy yig'ilishida ishtirok etayotgan aksiyadorlarning ovoz beruvchi aksiyalarining oddiy ko'pchilik ovozi.
Jamiyatni qayta tashkil etish, tugatish, ustav o'zgartirish, yirik bitimlar (50% dan oshiq) kabi masalalar bo'yicha — 3/4 malakali ko'pchilik ovozi kerak.
Aksiyalari fond birjasining birja kotirovkasi varag'iga kiritilgan jamiyat va ustav fondida davlat ulushi 50% dan ortiq bo'lgan jamiyatning kuzatuv kengashida kamida 1 nafar mustaqil a'zo bo'lishi shart. So'nggi 3 yil ichida jamiyatda ishlamagan, 5% dan ortiq aksiyadorlar bilan bog'liq bo'lmagan mustaqil shaxs bo'lishi kerak.
Jamiyatning moliya-xo'jalik faoliyatini mustaqil tekshiradi. Aksiyadorlar umumiy yig'ilishi tomonidan saylanadi. Taftishchi yoki komissiya a'zolari kuzatuv kengashida bo'lishi va jamiyatda mehnat shartnomasi bo'yicha ishlashi mumkin emas. Ketma-ket 3 martadan ko'p saylanishi mumkin emas.
Kuzatuv kengashi a'zolari, direktor va boshqaruv a'zolari fidutsiar majburiyatlarni bajarishlari shart:
Eng ko'p aksiyadorlar manfaatini aks ettiruvchi usullardan foydalanish.
Jamiyat mol-mulkidan shaxsiy foyda ko'zlab foydalanmaslik va boshqalarga foydalanishiga yo'l qo'ymaslik.
Jamiyatning asosiy faoliyat sohasida kuzatuv kengashi roziligisiz raqobatchi faoliyat yuritmaslik.
Jamiyat faoliyati to'g'risidagi maxfiy axborotni oshkor qilmaslik majburiyati.
Dividend — jamiyat sof foydasining aksiyadorlar o'rtasida taqsimlanadigan qismi. U aksiyadorlar umumiy yig'ilishining qaroriga ko'ra to'lanadi. Dividend pul mablag'lari bilan yoki jamiyatning qimmatli qog'ozlari bilan to'lanishi mumkin.
Jamiyat chorak, yarim yil yoki yil natijalariga ko'ra dividend to'lash to'g'risida qaror qabul qilishga haqli (49-modda).
Dividend to'lash muddati qaror qabul qilingan kundan 60 kundan kech bo'lmasligi lozim (51-modda).
Imtiyozli aksiyalar bo'yicha dividendlar avval to'lanadi, keyin oddiy aksiyalar bo'yicha.
Jamiyat aybi bilan to'lanmagan dividendlar bo'yicha Markaziy bank qayta moliyalashtirish stavkasidan penya hisoblanadi (53-modda).
Qaysi tashkiliy-huquqiy shakl siz uchun mos? To'liq taqqoslash.
| Ko'rsatkich | OAJ | YoAJ | MChJ | XK |
|---|---|---|---|---|
| Ta'sischilar | Cheklanmagan | Cheklanmagan | 1–50 kishi | Faqat 1 shaxs |
| Ustav kapitali | 400 000 USD | Belgilanmagan | Belgilanmagan | O'zi belgilaydi |
| Fond birjasi | Ha — ochiq | Yo'q | Yo'q | Yo'q |
| Javobgarlik | Aksiya qiymati | Aksiya qiymati | Ulushi miqdori | Subsidiar |
| Boshqaruv | Murakkab | O'rtacha | O'rtacha | Eng oddiy |
| Hisobot majburiyati | Eng yuqori | Yuqori | O'rta | Minimal |
| Kapital jalb qilish | Keng imkon | Cheklangan | O'rtacha | Minimal |
| Kim uchun mos | Yirik korxonalar | O'rta biznes | Sheriklik biznes | Yagona tadbirkor |
AJ hayotidagi asosiy muddatlar — bularni bilmaslik qimmatga tushishi mumkin.
Davlat ro'yxatidan o'tkazilgan paytdan boshlab AJ yuridik shaxs sifatida faoliyat yurita oladi (3-modda).
Aksiyadorlar reestri uchun Markaziy depozitariy bilan shartnoma tuzilishi shart (42-modda).
Aksiyalar chiqarilishini Markaziy depozitariyda ro'yxatdan o'tkazish majburiy (33-modda). Kechiktirsangiz — administrativ javobgarlik.
Kuzatuv kengashi, ijroiya organ va taftish komissiyasi to'g'risidagi nizomlar aksiyadorlar umumiy yig'ilishida tasdiqlanishi shart (14-modda).
Moliya yili tugaganidan keyin 6 oy ichida yillik umumiy yig'ilish o'tkazilishi shart (58-modda).
Umumiy yig'ilish o'tkazilishidan kamida 21 kun oldin Korporativ axborot portalida e'lon qilinishi shart (62-modda).
Aksiyadorning imtiyozli huquqdan foydalanish muddati 10 kundan kam va 30 kundan ko'p bo'lishi mumkin emas (36-modda).
Dividend to'lash muddati qaror qabul qilingan kundan 60 kundan kech bo'lmasligi lozim (51-modda).
Ustav kapitali kamayganligi haqida xabardor bo'lgan kreditorlar 30 kun ichida muddatidan oldin bajarish talabi qo'yishga haqli (20-modda).
AJ tuzish va boshqarish bo'yicha eng ko'p beriladigan savollarga qonun asosida javoblar.